Ilk bor robot-jarroh o‘pka transplantatsiyasini amalga oshirdi

Ispaniyaning Barselona shahridagi Vall d'Hebron shifoxonasida 65 yoshli bemorga robot-jarroh tomonidan o‘pka ko‘chirib o‘tkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, operatsiya chog‘ida yangi usul qo‘llanilgan, ya’ni shikastlangan o‘pka ko‘krak qafasini ochmasdan, bemorning to‘sh suyagi ostidagi kichik kesma orqali olib tashlanib, o‘rniga yangisi o‘rnatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, faqat kichik kesma hosil qilish jarayoni shifokor qo‘li bilan bajarilgan. Qolgan barcha yumushlar Da Vinchi nomli robotning “to‘rtta mohir qo‘li” yordamida uddalangan.

Mutaxassislar ushbu yangi jarrohlik texnologiyasi nisbatan xavfsiz va kaminvaziv bo‘lib, kelgusida minglab bemorlar hayotini saqlab qolish imkonini beradi, degan xulosada.