Ilmiy fantastika haqiqatga aylanmoqda: Janubiy Koreya 6G tarmog'ini ishga tushiradi

Ayrim davlatlar endigina 5G tarmog'ini o'zlashtirayotgan bir vaqtda Janubiy Koreya o'zining 6G tarmog'ini 2028-yilda ishga tushirishi e'lon qildi. Loyiha 625.3 milliard von yoxud 482.1 million dollarga baholanmoqda.

Davlatning Fan va AKT vazirligining xabar berishicha, bu jahon darajasidagi texnologiya, ilg'or dasturiy ta'minotga asoslangan yangi avlod mobil tarmoqlar va tarmoq ta'minot zanjirlarini mustahkamlash orqali amalga oshiriladi.

Ma'lum bo'lishicha, Janubiy Koreya hukumati mahalliy kompaniyalarni 6G tarmog‘ini rivojlantirish uchun materiallar, butlovchi qismlar va uskunalar ishlab chiqarishga rag‘batlantiradi. Shuningdek, davlat yangi avlod aloqa tarmog'ini qo'llab-quvvatlash uchun ta'minot zanjirini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Ericsson Xitoy texnologiyalari departamenti Bosh direktori o'rinbosari Chjan Yongtaoning so‘zlariga ko‘ra, 6G virtual va haqiqiy olamlarni birlashtiradi, 6G gologramma aloqani ilmiy fantastikadan haqiqatga aylantiradi.