Ilmiy-metodik jurnalga maqolalar qabul qilinishi haqidagi yakuniy e’lon

O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi va Oliy ta’lim bo‘yicha ekspertlar milliy jamoasi (HEREs) bilan hamkorlikda “Oliy ta'lim taraqqiyoti istiqbollari” ilmiy-metodik jurnaliga maqolalarni bepul qabul qilishini e’lon qilingan edi.
Mazkur jurnalning afzalliklari shundaki, u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek, Google Scholar va CYBERLENINKAda indekslangan.
2013 - yildan buyon 9 yil davomida “Oliy ta'lim taraqqiyoti istiqbollari” ilmiy-metodik jurnali tobora ommalashib, mamlakatimiz oliy ta’limini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi xalqaro ilmiy jurnallardan biriga aylanib bormoqda. Yaqin kelajakda uning nashr etish davriyligi va tiraji oshirilishi va Scopus hamda Web of Science analitik tizimlari roʻyxatiga kiritilishi rejalashtirilgan.
Jurnalning umumiy mavzulari:
• Oliy taʼlimda innovatsion uslub va vositalar (xorijiy davlatlar va Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari tajribalari, ta’lim berish va oʻqitishning ilgʻor usullari, oʻquv jarayonini tashkil etish va universitetlarni boshqarish, OTMni innovatsion rivojlantirish uchun AKTdan foydalanish, taʼlim platformalari);
• Oliy taʼlim boʻyicha kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash (ilgʻor oʻquv dasturlari, tajriba, usul va vositalar);
• Erasmus+ dasturi (maqsadlari Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida innovatsion usullarni qoʻllab-quvvatlashda dasturning vazifalari, Oʻzbekistonda va xorijda muvaffaqiyatli Erasmus+ loyihalarining tajribalari, HEREs jamoa aʼzolarining xalqaro seminarlarda ishtiroki natijalari boʻyicha hisobotlari, O‘zbekistonda Boloniya jarayonining tamoyillarini tadbiq qilish, oliy ta’lim sifatini ta’minlashda talabalarning rolini kuchaytirish va boshqalar);
• Universitetlar uchun ilmiy va o‘quv ma’lumotlari (elektron kutubxonalar, oliy ta’lim uchun axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatlari, ilmiyometrik ma’lumotlar, resurslardan foydalanish statistikasi va nashr faoliyati);
• Oliy ta’limga sarmoya kiritish muammolari va istiqbollari (oliy ta’limga sarmoya kiritish mezonlari, xorijiy davlatlar va O‘zbekiston universitetlarining tajribalari, moliyaviy menejment, investitsiya samaradorligi, OTMlarda moddiy va kadrlar resurslaridan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar).
Yuqoridagilar bilan bir qatorda “Oliy ta'lim taraqqiyoti istiqbollari” ilmiy-metodik jurnalining 11-sonining ustuvor mavzulari:
• Oliy ta’lim muassasalarning avtonomligi (O‘zbekiston va boshqa davlatlardagi iqtisodiy, tashkiliy, texnik jihatlari, yetakchi davlatlar tajribalari);
• Oliy taʼlim boʻyicha ECTS kredit-modul tizimi (kontseptsiya, kredit-modul tizimiga oʻtishga qoʻyiladigan talablar, kredit tizimi sharoitida moliyaviy menejment, oʻquv dasturlari, oʻqituvchilar va talabalarning mobilligi, xorijiy tajribalar tahlili, ECTSni tadbiq etishning afzalliklari va unga o'tishdagi qiyinchiliklar va boshqalar).
Maqolalarni topshirishning so’nggi muddati – 31- mart 2022 - yil.
Maqolalar quyidagi elektron pochta manzil orqali qabul qilinadi: heresbook@erasmusplus.uz.






