Ilon Mask haqidagi filmni suratga olish boshlandi

Oskar sovrindori Aleks Gibni tadbirkor, multimilliarder, Tesla, SpaceX va Twitter kompaniyalari direktori Ilon Mask haqida yangi hujjatli film ustida ishlamoqda.

"Men bu film ustida oz-moz vaqt ajratib ishlamoqdaman va bundan juda xursandman. Men bilan birga ishlaydigan kuchli jamoadan mamnunman. Bo'sh kelmang!"- deya izoh berdi rejissyor.

2008 yilda Aleks Gibni "Qorong'ulik tomonga taksi" (Taxi to The Dark Side) hujjatli filmi uchun Oskar mukofotiga sazovor bo'lgan. Filmda Amerika armiyasi tomonidan terrorizmda gumon qilingan Afg'oniston va Iroqdan kelgan odamlarning qiynoqlari tasvirlangan.

Gibni, shuningdek, "Stiv Jobs: mashinadagi odam" (Steve Jobs: The Man in the Machine), "Robin Uilyams: mening qalbimga qarang" (Robin Williams: Come Inside My Mind) va "Sinatra: hammasi yoki hech narsa" (Sinatra: All or Nothing at All) hujjatli filmini suratga olgan.