Ilon Mask NFT maniyasini absurd holatga keltirdi: u token "qo'shig'i"ni chiqardi va uni token sifatida sotilishini e'lon qildi

Ilon Mask NFT o’zaro bir-birini o’rnini bosa olmaydigan tokenlar texnologiyasi haqida musiqiy trek yozdi va uni "NFT shaklida" sotish niyatida ekanligini e'lon qildi. Tesla va SpaceX rahbari o'z musiqiy trekini Twitterdagi sahifasiga joylashtirdi.

Qo'shiq "sizning beparvoligingiz uchun", "kompyuterlar hech qachon uxlamaydi", "bu sinovdan o'tgan, bu kafolatlangan" iboralaridan iborat. Qo'shiq uchun videoda Oy, raketalar va Doge shaklchalari bilan oltin haykalcha va Mask faol qo'llab-quvvatlaydigan Dogecoin kripto valyutasining ramzi tasvirlangan. Twitterga uni joylashtirgani uchun biznesmen hattoki “texno-qirol” unvonini qo’lga kiritdi. Klipda tuzilma o'z o'qi atrofida kosmosda aylanadi va uning asosida esa HODL abbreviaturasi joylashtirilgan. HODL - raqamli valyutaning so'zsiz istiqbollariga ishonch bilan bozor sharoitidan qat'i nazar ularni ushlab turuvchi kripto-valyutalar egalarining nomi.

Mask token-trekini 420 million Dogecoin ga sotishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. U bu haqda 69 million dollarga NFT sotib olishni taklif qilgan raqamli rassom Beeple posti ostida yozib qoldirgan. Ushbu rassomning 13 yil davomida yaratilgan, san’at asarlaridan iborat ijod mahsuli – Everydays – The First 5000 Days kollaji Christie’s auksionida huddi shunday narxda sotilgan edi.  

Ehtimol, Mask uchar xeruvimalar tokenidan iborat 10 ta animatsiyaviy musiqa asarlarini auksionda sotgan qo'shiqchi Graymsdan ilhomlangan bo’lishi mumkin.  

Mart oyida rassom Pokras Lampas "Transition" asarini kripto auksionida 28,7 ming dollarga token shaklida sotgani ma'lum bo'ldi. U raqamli asarini o'zining polotenlaridan biridagi Chirkey GES loyihasi tasvirlangan rasmni chiqarib yaratgan.