Ilon Maskning Starship raketasining prototipi sinovdan o'tkazildi

Mars va Oyga parvoz qilish uchun Ilon Mask boshchiligidagi Amerikaning SpaceX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan raketa chorshanba kuni Janubiy Texas shtatidagi qo'nish maydoniga xavfsiz qo'ndi.

Portlashlar bilan yakunlangan bir qator sinov parvozlaridan so'ng SpaceX birinchi marta Starship prototipini muvaffaqiyatli qo’ndirdi. Bu kemaning beshinchi uchirilishi edi. Avvalgi to'rtta urinish muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan edi: kema yoki qo'nish paytida, yoki undan keyin yoki havoda portlar edi, deb xabar bermoqda The New York Times.

Prototiplardan biri muvaffaqiyatli qo'nishga muvaffaq bo'ldi, ammo shuni aytib o’tish kerakki, u qisqa vaqt ichida paydo bo'lgan yong'in tufayli portladi. Yerga tushgandan so'ng (qo'nish maydonining eng chekkasida) SN15 ostidan alanga otilib chiqdi, uni masofadan turib boshqariladigan yer usti yong'in o'chirish uskunalari o'n daqiqa davomida o'chira olmadi.

"Mars, biz boryapmiz!": Mask qo'nish paytida portlagan "Starship" kosmik kemasining sinovlarini muvaffaqiyatli deb atadi.

2023 yilda Starship kemasi ishga tushirilishi kutilmoqda, unda yaponiyalik milliarder Yusaku Maezava va yana sakkiz kishi Oyga uchishadi. 3 mart kuni Maezava dunyoning turli mamlakatlaridan sakkizta ekspeditsiya a'zosini jalb qilish to'g'risida e'lon qildi.