Imkoniyati cheklangan shaxslar davlat e’tibor markazida

Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan ko’zi ojiz insonlar uchun elektron qurilmalarda yozish imkonini beruvch Brayl alifbosi hamda yo’ldagi to’siqlar haqida oldindan ogohlantiruvchi “Aqlli hassa” qurilmalari joriy etildi.
Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan shaxslarning ta’lim olishi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan ko’zi ojizlar uchun elektron kitoblar o’qish imkoniyatiga ega Innovatsion Brayl display qurilmasi amaliyotga tatbiq etildi. Ushbu qurilma 7-dekabr kuni O’zbekiston Ko’zi Ojizlar jamiyatida va 10-dekabr kuni Respublika Markaziy ko’zi ojizlar kutubxonasida joriy qilindi.
Shuningdek, ko’zi ojizlarning erkin va mustaqil harakatlanishini ta’minlash uchun, yo’ldagi to’siqlar haqida oldindan ogohlantiruvchi “Aqlli hassa” qurilmasi ham ishlab chiqarila boshladi. Ushbu qurilma 10-dekabr kuni Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tasaruffidagi 77-sonli Ixtisoslashtirilgan ko’zi ojizlar maktab-internatida joriy etildi.
Bundan tashqari, yolg'iz keksalarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida, ularga o’z vaqtida, belgilangan miqdorda dori-darmonlarni qabul qilishda ko’maklashuvchi “Avtonom tibbiy assistant” qurilmasini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.






