Imom al-Buxoriyning yangilangan va mahobatli yodgorlik majmuasi

Bugungi kunga qadar Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda. Ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida to‘rtta baland minorali 10 ming o‘rinli masjid, zamonaviy mehmonxonalar, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etiladi.
Majmuani qurish va obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ushbu barcha ishlar davomida Imom al-Buxoriy maqbarasining o‘zi ham hozirgi qiyofasini saqlab qolgan holda rekonstruksiya qilinadi.
Shu kunlarda Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi atrofi ulkan qurilish maydonchasiga aylandi. Majmuani rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish bo‘yicha bosh pudratchi “Enter Engineering”, buyurtmachisi esa Samarqand viloyati hokimligi qoshidagi muhandislik kompaniyasi hisoblanadi.






