Indoneziya poytaxti Nusantaraga ko'chiriladi

Poytaxtni Jakartadan ko'chirish to'g'risidagi qaror 2019-yilda qabul qilingan. Bunga sabab Jakartaning suv ostida qolish xavfining mavjudligidir.

Indoneziyalik tadbirkor va siyosatchi Monoarfaning so‘zlariga ko‘ra, Indoneziya prezidenti 14-yanvar kuni shunday qaror qabul qilgan. Nusantara qadimgi yava tilida «orol» yoki «arxipelag» degan ma’noni anglatadi va Indoneziyaning she’riy nomidir. Monoarfaning aytishicha, bunday nom butun dunyoda mashhur bo‘lgani va mamlakat ichida bahs-munozaralarga sabab bo‘lmasligi sababli tanlangan.

Eslatib o'tamiz, poytaxtni Jakartadan o'tkazish to'g'risidagi qaror 2019-yilda qabul qilingan. Buning sabablaridan biri Jakartaning suv ostida qolish xavfining mavjudligidir: ba'zi manbalarga ko'ra, shaharning bir qismi 2050-yilga qadar suv ostida qolishi mumkin. Bundan tashqari, bu tirbandlik va havo ifloslanishidan aziyat chekadigan dunyodagi eng yirik shaharlardan biridir. Shu sababdan, Kalimantan orolida yangi poytaxt yaratish to'g'risida qaror qabul qilindi.