Ingliz tilining Oksford lug'ati «yil so'zini» ovoz berish yo'li bilan tanlaydi

Ingliz tilining Oksford lug‘ati yil so‘zini birinchi marta jamoatchilik orasida ovozga qo‘yish yo‘li bilan uchta so‘z ichidan tanlab olmoqchi.

"Biz yil so‘zini tanlash jarayonining oxirgi bosqichini tilning asl hakamlariga — butun dunyo odamlariga ishonib topshirishga qaror qildik. Biz ingliz tilida qanday muloqot qilib, uni qanday rivojlantirishimiz har yili Oksford tanloviga ta’sir qiladi, lekin lug‘at tarixida birinchi marta 2022-yil so‘zi jamoatchilik tomonidan tanlanadi", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, tanlov orasiga Short-listga metaverse ("metaolam") va goblin mode ("goblin rejimi') tushunchalari hamda #IStandWith ("men qo‘llab-quvvatlayman") xeshtegi kiritilgan.

P.S. Oksfordda 2022-yil so‘zi uchun ovoz berish jarayonlari 2-dekabr, juma kuni soat 00:01 ga qadar davom etadi.