Innovatsion rivojlanish strategiyasining mazmun-mohiyati va amalga oshirish chora-tadbirlari

Joriy yilning 5-avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “2022-2026-yillarda Oʼzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasining mazmun-mohiyati va amalga oshirish chora-tadbirlari” mavzusida press-konferensiya boʼlib oʼtdi.

Unda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov mavzu yuzasidan maʼlumotlar berib, OАV vakillarining savollariga javob berdi.

Oʼzbekiston Respublikasining 2022-2026-yillarda innovatsion rivojlanish strategiyasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi maxsus Farmoni va Qarori bilan tasdiqangan boʼlib, unda strategiyaning asosiy yoʼnalishlari belgilangan.

Innovatsion texnologik park, texnologiyalar transferi markazi, innovatsion klaster, venchur tashkiloti, innovatsiya markazi, startap akselerator, inkubatorlar kabi innovatsion infratuzilma subyektlari tarmogʼini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qoʼllab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni tashkil etish startgeiyaning aosiy yoʼnalishlaridan biridir. Bunda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshiriladi.

Strategiyada kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratilgan boʼlib, aynan innovatsion korxoanalarni rviojlantirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy oʼsishini taʼminlash nazarda tutilgan. Yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratishning gʼoyadan yakuniy isteʼmolchigacha boʼlgan kompleks tizimini taʼminlash orqali innovatsiyalarga boʼlgan talabni ragʼbatlantiriladi. Strategiyada yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yoʼnaltirish tizimini shakllantirish belgilangan.