Innovatsion rivojlanish vaziri Xalqaro paxta tadqiqotchilari assosiatsiyasi maslahatchisi etib saylandi

Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi 6-oktabr kuni Misrning Qohira shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon paxta tadqiqotlari konferensiyasida ishtirok etdi. Konferensiya davomida vazir Ibrohim Abdurahmonov Xalqaro paxta tadqiqotchilari assosiatsiyasi maslahatchisi etib saylandi.

Har to‘rt yilda bir marotaba o‘tkaziladigan Jahon paxta tadqiqotlari konferensiyasida ishtirok etayotgan paxtachilik sohasidagi dunyoning yetakchi olimlari va mutaxassislari qatorida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov "Paxta tadqiqotlarida o‘zgarishlarga olib keluvchi innovatsiyalar" mavzusida nutq so‘zladi. U hozirgi kunda O‘zbekistonda sohada amalga oshirilayotgan ishlar va islohotlar, Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi faoliyati va paxta gen muhandisligidagi erishilgan ixtirolar haqida gapirib berdi.

Shuningdek, Ibrohim Abdurahmonov tadbir doirasida sohasining ilg‘or ekspertlari va olimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi va ularni O‘zbekiston bilan hamkorlikda ishlashga taklif etdi.

Shu kunga kadar Ibrohim Abdurahmonov Assosiatsiyaning ijrochi qo‘mitasi a’zosi edi. Uning paxtachilik sohasidagi izlanishlari va sohaning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun ushbu lavozim tashkil etildi.