Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori boshchiligidagi delegatsiyaning Seulga tashrifi

Birlashgan Millatlar Tashkilotinig sakkizinchi Bosh Kotibi Pan Gi Mun janoblari ekologiya masalalari bo’yicha maslaxatchisi, Nobel mukofoti sovrindori Professor Rae Kvon Chungning takliflariga asosan 14-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To‘ychiyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Seul shahriga yetib bordi.
Tashrif doirasida, Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To‘ychiyev Nobel mukofoti sovrindori Professor Rae Kvon Chungga “Bright Uzbekistan” jurnalining ilk sonini taqdim etdi.
Tashrifdan ko’zlangan maqsad, “Global Robot Cluster Forum 2022”da ishtirok etish, joriy yil oktabr oyida o’tkazilgan “Innoweek 2022” innovatsion g’oyalar haftaligi davomida erishilgan kelishuvlar, O’zbekistonda Yangi Ekologik Innovatsiyalar Markazini tashkil etish hamda Koreyaning texnologiyalarini transfer qilish masalalarini muxokama qilishdan iborat bo’ladi.
Shu bilan birga, delegatsiya a’zolari Global robotlar klaster raisi Chang Ho Kim taklifiga binoan joriy yilning 15-18-noyabr kunlari Degu shahrida boʻlib oʻtadigan “Global Robot Cluster Forum 2022”da ishtirok etishadi.
Ma'lumot uchun: Global robot cluster forumi Janubiy Koreyaning Daegyeong Robot Enterprise Promotion Association va GRC (Global Robot Cluster) tomonidan 2021-yildan buyon oʻtkazilib kelinmoqda. DGRBF 2022 robototexnika sanoatining rivojlanishi uchun xalqaro almashinuvlarni yo’lga quyish va yangi robototexnika tendensiyalarini tahlil qilish orqali a’zo mamlakatlarda ularni joriy qilishni maqsad qilgan.
Forum doirasida tashkil etiladigan tadbirlar davomida, delegatsiya a’zolari ishtirokchilarga O‘zbekistonda texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari hamda yurtimizda innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida taqdimotlar o’tkaziladi. Texnoparklar, zavodlar va eng so’nggi texnologilarni o’z ichiga olgan ko’rgazmalarga tashrif buyuriladi.






