«InnoWeek.uz - 2022» xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi yakunlandi

21 oktabr kuni “InnoWeek – 2022 Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z ishini yakunladi. Haftalikning yakunlariga bag‘ishlangan tantanali marosimda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov so‘zga chiqib, yurtimizning innovatsion ekotizimini shakllanishiga hissa qo‘shayotgan barcha hamyurtlarimizga o‘z minnatdorchiligini bildirib, keyingi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Haftalikda 120 dan ortiq o‘tkazilgan B2B uchrashuvlarda innovatsion mahsulotlarni xarid qilish shuningdek, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha jami 46,2 mlrd so‘mlik 131 ta va 6,6 mln. AQSH dollar miqdorida 25 ta oldi-sotdi shartnomalar imzolandi.
Mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan 78 mln AQSH dollari miqdoridagi 18 ta investitsion shartnomalar shuningdek, 790 ming AQSH dollar miqdoridagi 13 ta Hamkorlik memorandumlari tuzildi.
Forum doirasida 16,3 mlrd so‘mlik 65 ta hamda 2,78 mln AQSH dollar miqdorida 3 ta eksport shartnomalari imzolandi. Shuningdek, ko‘rgazma doirasida 6 ta memorandum hamda Eron Islom Respublikasi bilan hamkorlikda transfer texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi «Yashnobod» innovatsion texnoparkining 30 ta rezidentlari tomonidan 80 turdagi innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda innovatsion mahsulotlari bo‘yicha 5,1 mlrd so‘mlik 22 ta shartnomalari imzolandi.Shu bilan bilan ko‘rgazma doirasida 7,5 mln AQSH dollar miqdoridagi 2 ta investitsion shartnoma hamda 500 ming AQSH dollari miqdorida 1 ta eksport shartnomalari imzolandi.
Ko‘rgazmalar doirasida 20,3 mlrd so‘mlik 36 ta shartnomalar hamda 9,4 ming AQSH dollar miqdorida 14 ta eksport shartnomalar imzolandi. Shuningdek, 32,55 mln AQSH dollar miqdorida 11 ta investitsion kelishuvlarga erishildi.
Startap loyihalari ko‘rgazmasida 3,2 mlrd so‘mlik 11 ta mahalliy, 370 ming AQSH dollar miqdorida 3 ta eksport shartnomalar hamda 1 ta memorandumlar imzolandi.
Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining innovatsion ishlanmalarining ko‘rgazmasida oliy ta’lim muassasalari tomonidan 215 ta turdagi innovatsion mahsulotlar namoyish etildi hamda 1,9 mlrd so‘mlik 37 ta shartnoma va memorandumlar imzolandi. Fanlar akademiyaning ilmiy tashkilotlari tomonidan 55 turdagi yangi ishlanma va innovatsion mahsulotlar namoyish etildi hamda umumiy qiymati 5,7 mlrd so‘mlik 19 ta shartnomalar imzolandi.






