Inqirozdаn chiqish tаhmin qilinmoqdа

Jahon banki tomonidan nashr etilgan sharhda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi 23 ta mamlakat iqtisodiyotidagi hozirgi holat va 2021-2022-yillarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq prognozlar tahlil qilingan.
Unga ko‘ra 2020-yilda pandemiya cheklovlari sabab O‘zbekistonning iqtisodiyoti qisman pasaygan bo‘lsada, 2021-yilda ushbu inqirozdan chiqish imkoni borligi tahmin qilinmoqda.
Bank mutaxassislarining fikriga ko‘ra 2021-yilda YaIM hajmi 4,8% gacha o‘sishi mumkin. Biroq mazkur iqtisodiy o‘sish sur’atlariga jahon global iqtisodiy tiklanish tezligi va COVID-19ga qarshi emlash jarayonlaridagi kutilmagan holatlar ta’sir qilish ehtimolini ham unutmaslik lozim.