Inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash borasidagi qonun loyihasi

Loyihaga muvofiq, adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash borasida qator ustuvorliklarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Jinoyatlarni tergov qilish jarayonida “Xabeas korpus” institutini qoʻllash amaliyotini yanada kengaytirish maqsadida tintuv oʻtkazish, telefon soʻzlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga oʻtkazish;
jinoyat ishini sudlarga ayblov xulosasi (ayblov dalolatnomasi) va himoyachi fikri bilan birga taqdim etish tartibini joriy etish.






