Insulinni organizmga «ukol»siz yetkazib beruvchi robot-kapsula

AQShning Massachusets texnologiya instituti olimlari organizmga insulin va boshqa dori vositalarini “ukol”siz yetkazib beruvchi maxsus robotni kashf etdilar.

Yangi “RoboCap” qurilmasining ko’rinishi xuddi dori kapsulasiga o’xshash. Uning bir uchiga zarur preparat rezervuari o’rnatilgan. Ikkinchi tomonidan esa moslamani harakatlantiruvchi, uni oshqozon kislotasidan himoya qiladigan va ichak shilliq qavatlaridan o’tishiga imkon beruvchi mitti mexanizm joy olgan. Qurilma yuzasi jelatin moddasi bilan qoplangan.

Qayd etilishicha, olimlar “RoboCap”ni jonivorlarda sinab ko’rishgan. Moslama hayvonlar organizmiga insulin va boshqa zarur preparatlarni beziyon hamda samarali yetkazib bergani sababli, endilikda innovatsion ishlanma insonlarda klinik sinovdan o’tkaziladi.