Investitsiya loyihalarini shakllantirishning yangi tizimi

Navoiy shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Navoiy viloyati tuman va shaharlarning mahalliy hokimiyat organlarining rahbarlari bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Kun tartibiga investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatini ragʼbatlantirishning yangi tizimini joriy etishning amaliy jihatlari qoʼyildi.
Uchrashuv ishtirokchilari investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish, loyihalarni boshqarish, tadbirkorlar bilan oʼzaro hamkorlik qilish, foydalanishga topshirilgan ishlab chiqarish obyektlarning monitoringini olib borishning yangi mexanizmlarini, shuningdek, investitsiyaviy loyihalar tashabbuskorlarini amaliy qoʼllab-quvvatlash jarayonida vazirlik va idoralarni muvofiqlashtirish bilan bogʼliq keng koʼlamli masalalarni atroflicha muhokama qildi.
Viloyatda tashkil etilgan hamda vazifalari ishga solinmagan iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish, tuman va shaharlarni rivojlantirish strategiyasi va kontseptsiyalarini shakllantirish, shuningdek, iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqishdan iborat boʼlgan loyiha guruhlarining ishi oʼrganildi.






