Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining yangi maslahatchisi tayinlandi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi – Oʼzbekiston Respublikasining toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalar jamgʼarmasi rahbari lavozimiga Аtabek Nazirov tayinlandi.
А.Nazirov 1975 yilda Toshkent shahrida tugʼilgan, 1998 yilda makroiqtisodiyot ixtisosligi boʼyicha АQShdagi Nьyu-York davlat universitetini tamomlagan. U investitsiya sohasida katta tajribaga ega. Qator xorijiy kompaniyalarda faoliyat yuritgan. U Oʼzbekistonda oʼz faoliyatini 2018 yilda innovatsion rivojlanish vazirining oʼrinbosari lavozimida boshlagan. 2019 yildan buyon Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan.
 Eslatib oʼtamiz, ushbu jamgʼarma raqobatbardosh mahalliy kompaniyalarga investitsiyalar kiritish, shuningdek, xususiy mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli oʼzaro foydali sheriklik munosabatlarini yoʼlga qoʼyish maqsadida tashkil etilgan.
Jamgʼarmaning asoschisi Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi hisoblanadi, faoliyati esa Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.