Ipak yo'li mamlakatlari uchun Shengen vizasining analogi joriy etilmoqda

O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ko'p martalik turistik viza Silk Road Visa joriy etilishini ma'lum qildi. Qozog'iston va O'zbekiston barcha texnik masalalarni hal qildilar, faqatgina davlat ichki jarayonlardan o'tish qoldi.


Qozog'iston Madaniyat vazirligi Silk Road Visa sayyohlar qo'shni davlatlar chegaralarini kesib o'tishida viza, bojxona va chegara to'siqlarini yengishga yordam berishini xabar qildi.


Aziz Abduhakimovning aytishicha, ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida portal ishga tushiriladi, bunda chet elliklar ariza qoldirishlari mumkin, murojaatga javob 48 soat ichida keladi. 


"Bugungi kunda boshqa bir qator davlatlar bizning loyihamizga qo'shilishni xohlamoqda, Qirg'iziston juda faol qiziqish bildirmoqda, Ozarbayjon Respublikasi bilan avtonom o'zgarishlar mavjud, ushbu loyihaga Tojikiston, Mo’g’uliston, shuningdek, qator Kavkazorti respublikalar qo’shilishi mumkin. Muzokaralar olib borilmoqda", - deya qo'shimcha qildi Abduhakimov.