Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisining hisoboti

23 avgust kuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisiga tayyorgarlik dirasida Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya qo'mitasi majlisi bo'lib o'tdi.

Yig‘ilishda dastlab, Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi B.Tajiyev majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qatnashchilarga ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Sharipov pillachilikda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.

Hisobotga ko'ra, sohada erishilgan islohotlar va yutuqlarga to'xtalib o'tildi. Jumladan:

Yaroqsiz holga kelgan 43 ming gektar tutzorlar qayta tiklandi va 50,3 ming gektargacha yetkazildi;
Tut daraxtlari tuplari 43 mln dan 136,3 mln ga yetkazildi;
Pillachilik klasterlari 76 taga yetkazildi;
Bandlik ko'rsatkichlari 862,5 nafarga yetkazildi;
11 ta ipak qurti urug'i ishlab chiqaruvchi korxonalar 233 ming quti urug' tayyorlamoqda;
101 ta loyiha doirasida 117,4 mln doll. miqdorida investitsiyalar jalb qilindi;
45,9 mln dollarlik 35 ta yangi pillani qayta ishlash;
3 ta 18 mln dollarlik ipak mato ishlab chiqarish;
3 ta 5,8 mln dollarlik ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish;
Farg‘ona viloyatining 13 ta tumanida 5,8 mln dollarlik Hunarmandchilik markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
47 ta korxonada 42,5 mln dollarlik ishlab chiqarishni kengaytirish (modernizatsiya) ishlari amalga oshiriladi;
2017-2020 yillarda Uyushma tarkibidagi eksportyor korxonalar tomonidan jami 230,3 mln dollarlik ipak mahsulotlari eksporti amalga oshirildi;
2021 yilning o‘zida 86,7 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi reja qilingan”, deb aytib o‘tdi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Sharipov.