iPhone 14ni kutib oling!

Koreyaning ET News saytining xabar berishicha, Apple kompaniyasi iPhone tarixida birinchi marta o‘z smartfoniga Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan old kamera o‘rnatadi. Kamera tasvir sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Ammo, qurilma narxi odamning ko’ziga yosh keltiradi?!
Xabarlarga ko’ra, Apple “LG Innotek” (Janubiy Koreya) va “Sharp” (Yaponiya) dan yangi qimmatbaho old kamera modulini xarid qilmoqda. Bu yilgi iPhone 14da yangi selfi kamerasining yanada yaxshilangan funksiyalari, jumladan, avtofokus funksiyasi ham o’rin oladi.
Yangi flagmanning eng katta kamchiligi bu uning narxi, albatta. Apple iPhone 14 Pro va Pro Max narxlarni oldingi variantlardan 100 dollar qimmatroq baholanmoqda. Yangi iPhone 14 Max esa iPhone 13 Minidan kamida 200 dollarga qimmatroq bo'ladi, deya xabar berishmoqda.






