Iqlim oʼzgarishining salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun jahon hamjamiyatiga 1 trillion dollar kerak

BMTning 2030-yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibini moliyalashtirish boʼyicha maxsus vakili Muhammad Muhiddinning maʼlum qilishicha, iqlim oʼzgarishining salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun jahon hamjamiyatiga 1 trillion dollar kerak bo’ladi. Uning qoʼshimcha qilishicha, “bu maqsadlar uchun ilgari taklif qilingan 100 milliard dollar, birinchi navbatda, rivojlanayotgan mamlakatlar ehtiyojlarining atigi 10 foizini tashkil etadi”.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus elchisi uchta asosiy yoʼnalish – iqlim oʼzgarishi oqibatlarini yumshatish, oʼzgarishlarga moslashish va yoʼqotishlar, zararlarni qoplash tashabbuslari boʼyicha dasturlarni amalga oshirishdan tashqari, BMT bosh kotibi Аntoniu Guterrish COP-27 da ilgari surgan tabiiy ofatlardan erta ogohlantirish tashabbusi dunyoning eng zaif mintaqalarida “katta moliyalashtirishni talab qilishini” taʼkidladi.

P.S. 6-noyabr kuni Sharm ash-Shayxda BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyasi boshlandi. 18-noyabrgacha davom etadigan forum davomida COP-27 kun tartibiga oid yuzlab tadbirlar o‘tkaziladi.