Iqtisodiy barkamollik yo'lida O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida hamkorlik

Sardor Umurzakovning Dushanbeda bo'lgan keygi muhim uchrashuvi Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sh.Kabir va iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Z.Zavqizoda bilan bo'lib o'tdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat hamkorligini mustahkamlash imkoniyatlari va shart-sharoitlari muhokama qilindi, deya vazirlik matbuot xizmati habar bermoqda.

O‘zbekiston – Tojikiston savdo aylanmasining ijobiy dinamikasi qayd etildi: birgina joriy yilning dastlabki to‘rt oyida o‘zaro savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40%ga oshdi. Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirish salohiyatini ta’kidlab, bu borada amaliy hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar. Kutilayotgan oliy darajadagi tashrif davomida imzolanishi rejalashtirilgan elektrotexnika, kimyo, to‘qimachilik, charm-poyabzal, farmatsevtika va oziq-ovqat ishlab chiqarish sohasidagi yangi savdo shartnomalari ro‘yxati yuzasidan o‘zaro kelishishni yakuniga yetkazish bo‘yicha yakdil fikr bildirildi.