Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Iqtisodiyot bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti amerikalik iqtisodchilar Ben Bernanke, Duglas Daymond va Filip Dyubvigga “Moliyaviy inqirozlar va bank ishi bo‘yicha tadqiqotlari uchun” berildi.
Iqtisodiyot bo‘yicha g‘oliblarning e’lon qilinishi Nobel haftaligini yakunladi. Mukofotlar 10-dekabr, Alfred Nobel vafot etgan kuni topshiriladi.






