Iqtisodiyot vazirligi $6,6 milliardlik shartnomalarni imzolaydi

Toshkentda "O‘zbekiston: iqtisodiy islohotlarning yutuqlari va ularning istiqbollari" mavzusida ikki kunlik iqtisodiy forum boshlanadi.
29-sentyabrda boshlangan Toshkent iqtisodiy forumida $6,6 mlrdlik shartnomalar va kreditlar imzolanadi. Bu haqda Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma'lum qildi.
«Bu forumda bir qator yirik bitimlar imzolanadi. Xususan, xususiylashtirish sohasida $600 mln miqdorida, davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha $2,6 mlrdga, $3,4 mrld dollarlik xorijiy kreditlar bo‘yicha », - dedi Qo‘chqorov.
Forumning birinchi kuni mamlakat iqtisodiy o'sishining yangi rejalari va u bilan bog'liq muammolarga bag'ishlanadi. Uning doirasida mintaqaviy hamkorlik va inson kapitalini rivojlantirishga bag'ishlangan munozara, iqtisodiy ochiqlikning raqobatbardoshlikni ta'minlashdagi roliga bag'ishlangan muloqot bo'ladi.
Ikkinchi kuni asosiy e'tibor xususiylashtirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, O‘zbekistonning global ta'minot zanjirlaridagi o‘rni va barqaror energiyaga qaratiladi.






