Ishga joylanmagan bitiruvchilari koʼp OTMlar faoliyati tugatilishi mumkin

O‘zbekistonda ishga joylanmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan OTMlar sifatsiz taʼlim berayotgan muassasa deb topilishi va bunday oliygohlar faoliyatini tugatish masalasi koʼrib chiqilishi mumkin.

Qayd etilishicha, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Аbdurahmonov onlayn formatdagi kengaytirilgan yigʼilishda Oliy va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilishi, ayniqsa ishga joylanmagan bitiruvchilari soni koʻp boʻlgan nodavlat OTM sifatsiz taʼlim berayotgan muassasa deb, topilishi va kelajakda ularning faoliyatini tugatish masalasi koʻrib chiqilishi haqida ogohlantirgan.

Yigʼilishda OTMdagi iqtidorli talabalar roʼyxatini tuzish va ular bilan alohida ishlash mexanizmini yoʼlga qoʼyish masalasida ham takliflar berilgan.