Islohotlar budjetga bevosita taʼsirini koʼrsatmay qolmaydi

Senatning yalpi majlisida “2023 yil uchun Oʼzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʼgʼrisida”gi Qonun koʼrib chiqildi.

Oʼz navbatida, muhokamalar davomida Senat Raisi T.Narbayeva budjetda davlat apparati ixchamlashgani bilan bogʼliq masalani eʼtiborga olish yuzasidan oʼz fikrini bildirdi:

“Mamlakatimizda ixcham va samarali davlat boshqaruvini yoʼlga qoʼyish boʼyicha islohotlar boshlanganligi, albatta, budjetga bevosita taʼsirini koʼrsatmay qolmaydi. Vazir tomonidan bu boʼyicha ham alohida tushuntirish berildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʼra, bu mablagʼlar ijtimoiy himoya masalalariga yoʼnaltirilishi belgilanyapti. Аlbatta, budjetga tegishli oʼzgartirish kiritish masalasi ham koʼriladi.

Barcha davlat idoralari toʼliq yangidan tashkil boʼlib, 30-35 foizga tegishli tartibda qisqarganidan keyin bu masalaga yana bir bor qaytamiz”,- deya ta’kidladi senat raisi.