Islom Taraqqiyot Banki yillik yig'ilishi 1-kun tartibi doirasida O'zbekiston, Benin, Gvineya va Burkina-Faso davlatlari bilan kelishuvlar imzolandi

Birinchi kelishuv imzolash marosimi ITB va Benin Respublikasi o'rtasida bo'lib o'tdi. Ushbu marosimda umumiy qiymati 43.12 mln. AQSH dollari va 85.81 mln. yevro miqdoriga teng bo'lgan 7 ta kelishuv va ikkita loyiha imzolandi.

Ushbu kelishuvlar ITB Prezidenti Muhammad Sulaymon al'-Jassir va Benin Respublikasi iqtisod va moliya vaziri Romual'd Vagadani o'rtasida imzolandi.

Imzolangan asosiy loyihalar "Kamchiliklarni bartaraf etish: Beninda sog'liqni saqlash, inson resurslari va oziq-ovqat" hamda "Benin shahridagi Kotonou bo'ronli suvlarini bartaraf etish" loyihalaridir.

Keyingi kelishuv Burkina-Faso davlati hamda Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi o'rtasida umumiy qiymati 85 mln. yevroga teng bo'lgan Murabah savdosini moliyalashtirish bo'yicha bitim imzoladi.

Bu kelishuv Burkina-Faso iqtisod, moliya va rivojlanish vaziri Lassan Kabore hamda XISMK bosh direktori Eng Hani Salem Sonbol o'rtasida imzolandi.

Shuningdek, Gvineya davlati bilan ham kelishuvlar birinchi kun tartibiga kiritilgan bo'lib, ushbu davlat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan va umumiy qiymati 100 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan hujjatlar Gvineya Respublikasi rejalashtirish va iqtisodiy rivojlanish vaziri Kanni Diallo honim hamda XISMK bosh direktori Eng Hani Salem Sonbol o'rtasida imzolandi.