Ispaniyaning "Kovidli turizm"

Ispaniyaning "Kovidli turizm" 

Pasxa bayramlari arafasidagi ta’tilda minglab nemislar Balear orollariga dam olish uchun borishadi: o’tgan shanba kunining o’zida Pal’ma-de’Mayorkega Germaniyadan 60 ta samolyot qo’ngan bo’lsa, yakshanba kuni samolyotlar soni 70 taga yetdi. Sayohatchilar testdan o’tkazilayotgan hududda odamlar to’planmoqda, deya habar bermoqda evronews.com.

Ta'tildan so’ng ko’tarinki kayfiyatda bo’lgan sayyohlarni xattoki Germaniyaga qaytgan so’ng o’z hisobidan majburiy test qilinish ham hafa qilmayapti.

Shu bilan birga, sayyohlar ham sayyohlik agentlari ham noodatiy holat kelib chiqqanini e’tirof etishmoqda: nemislar koronavirus cheklovlari tufayli o'z mamlakatlarida sayohat qila olmaydilar, ammo ular chet elga chiqishlari mumkin. Va Ispaniyada ham shunday holat: nemislar ispan orollariga sayohat qilishlari mumkin, ammo ispanlarga ruhsat yo’q.