Ispaniya Qirolligining Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi delegatsiyasi Ispaniya qishloq xo‘jaligi vazirligining 32-chi Xalqaro chorvachilik ko‘rgazmasida ishtirok etishmoqda.

Ko'rgazma doirasida, Ispaniya Qirolligining Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Ispaniya Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Leonor Algarra Solis, Qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va oziq -ovqat vazirligining texnik maslahatchisi Fernando Texerina, Ispaniya chorva mollari uyushmalari federatsiyasi (FEAGAS) boshqaruv direktori Manuel Luke Kuesta, Ispaniyaning “OVIGEN” kompaniyasi Prezidenti Xose Arevalo Florez va Bosh direktor Fernando Fraiyera, Ispaniyaning “WES” kompaniyasi direktori Xose Antonios Esteban qatnashdi.

Muzokaralar davomida Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Yusupov Behzodjon Farxodovich va “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi raisi Xayitov Erkin Shaymardonovich tomonidan, bugungi kunda O‘zbekistonda mayda shohli mollarni ko‘paytirish, ularning zotini yaxshilash, yaylov xo‘jaligini rivojlantirish sohalarida davlat rahbari tomonidan berilayotgan e’tibor, yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Kelishuvlarning o‘z vaqtida sifatli va samarali bajarilishini ta’minlash uchun ilmiy-texnik hamkorlik yuzasidan bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.