Ispaniyada koronavirusga qarshi oʼrnatilgan cheklovlar yumshatilmoqda

Ispaniyada 20-apreldan boshlab niqob taqishga qo’yilgan talablar sezilarli darajada yumshatiladi.

Shu paytgacha Ispaniya aholisi barcha jamoat joylarida, jumladan doʼkonlar, kafelar, restoranlar yoki maktablarda yopiq joylarda niqob taqishlari shart edi. Mamlakatda qariyb ikki yil avval qattiq niqob taqish tartibi joriy qilingan edi. “Vazirlar Mahkamasi kengashi 20-apreldan yopiq joylarda majburiy niqob taqishni tugatishni maʼqulladi”, deyiladi xabarda.

Pandemiya boshlanganidan buyon Ispaniyaning 47 million aholisida 11,6 milliondan ortiq infeksiya holati aniqlangan, 103 mingdan ortiq bemor esa vafot etgan. 2020-yil dekabr oyi oxirida mamlakatda vaksinatsiya jarayoni boshlangan. Ayni damda 12 yoshdan oshgan ispanlarning 90 foizi koronavirusga qarshi toʼliq emlangan.