Ispaniyalik ayol 500 kunni yer ostida oʻtkazdi

Ispaniyaning Madrid shahrida yashovchi 50 yoshli ayol 2021-yil 20-noyabr kuni 70 metr yer ostida joylashgan gʻorga tushib ketganicha 2023-yil 14-aprel kuni yuqoriga chiqdi. U 500 kunni toʻliq tashqi dunyodan izolyatsiya qilingan holda oʻtkazgan.
48 yoshida gʻorga kirib ketgan Beatris Flamining so'zlariga ko'ra, u vaqtni mashq qilish, kitob o'qish, rasm chizish, boʻyash va narsalar to'qish bilan o'tkazgan.
“Aslida men tashqariga chiqishni xohlamagandim. Ular meni olib ketish uchun gʻorga tushgan payt uxlab yotgandim. Nimadir bo’ldimikan deb o'ylabman. Ularga qarab “Halitdanmi? Yoʻgʻ-e? Men kitobimni hali tugatmadim-ku”, dedim. Men hali ham 2021-yil 21-noyabrda qolib ketgandekman. Dunyo haqida hech narsa bilmayman”, deydi ayol.
“Flaminining 500 kunlik sarguzashti “Timecave” loyihasining bir qismi boʻlgan va bundan maqsad insonning uzoq vaqt davomida Yer ostida yashash qobilayatini baholash edi”, deyiladi AP nashri xabarida.






