Ispaniyaning Valensiya shahrida O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi tashabbusi Valensiya shahridagi Ipak muzeyi binosida O‘zbekiston Respublikasining Valensiya shahridagi faxriy konsulxonasi ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda «Arte Mayor de la Seda» Ipak san'ati instituti prezidenti Gonsalo Ordun'ya, mazkur institut jamg‘armasi rahbari Visente Xenoves, Valensiya shahri kengashining turizm bo‘yicha maslahatchisi Emiliano Garsiya, O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir G‘aniev va mamlakatimizning Valensiyadagi Faxriy konsuli Xose Mariya Chikiyo nutq so‘zlashdi.

«Men bunga katta ishtiyoq va ayni paytda Valensiya hamjamiyatida ushbu mamlakatning vakili bo‘lish uchun jiddiy mas'uliyat bilan qarayman. Menga bildirilgan ishonchni oqlashga umid qilaman», - deb qayd etdi O‘zbekiston Respublikasining Valensiyadagi faxriy konsuli etib tayinlangan Xose Mariya Chikiyo.

Shuningdek faxriy konsul vazifasi Valensiyadagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ko‘maklashishdan iborat bo‘lishi qayd etildi.