Istambulda Turkiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi boshlandi

Uchrashuv davomida xavfsizlik va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, Аfgʼonistondagi vaziyat muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Unda Turkiy kengashga a'zo davlatlarning TIV rahbarlari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston tomondan kengashda mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ishtirok etmoqda.
Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to'g'risidagi bitim 2009-yil 3-oktyabrda imzolangan. Uning a'zolari - Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston va Turkiya. Vengriya kengashda kuzatuvchi maqomiga ega. Tashkilotning bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan.






