Istanbulda Turkiy Kengashiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirligi delegatsiyalari Kengashning navbatdagi sammitiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar

Istanbulda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi yuqori mansabdor shaxslari komissiyasining 28-Majlisi yakunlandi.

Ikki kun davomida tashkilotga a'zo davlatlar delegatsiyasi - Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya va O'zbekiston, shuningdek, Turkiy Kengash kotibiyati noyabr oyida Istanbulda bo'lib o'tadigan navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ko'rish doirasida ishlab chiqiladigan hujjatlar loyihalarini ko'rib chiqdilar.

Majlis davomida Turkiy Kengashining 2021-yil 31-martdagi deklaratsiyasi qoidalaridan kelib chiqadigan a'zo davlatlar rahbarlarining topshiriqlarini amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Eslatib o'tamiz, 27 sentyabr kuni Istanbul shahrida Afg'onistondagi vaziyatga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi, unda O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.