Istanbulda Yevropaning eng tezyurar metrosi ochildi

Markazdan aeroportgacha 24 daqiqada- 22-yanvar kuni Istanbul aeroportiga boradigan yangi metro liniyasi ishga tushirildi. Bu haqda Turkiya Transport vaziri Odil Karaismoiloʻgʻli maʼlum qildi.
Yangi metro liniyasi 34 kilometr boʻlib, Kayitxona bekatidan yoʻlga chiqqan poyezd 24 daqiqada aeroportga yetib keladi. Bu Yevropadagi eng tezyurar metro, deb topilib, poyezdlar soatiga 90-120 kilometr soat tezlikda harakatlanadi.
Yangi liniya ochilishi marosimida qatnashgan mamlakat Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan “mazkur loyihaning ishga tushirilishi Turkiyaning butun dunyoga metro qurilishi ishida qudrati va imkoniyatini koʻrsatdi”, deb bayonot berdi.






