Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tashkil etildi

Agentlik Kripto–aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini belgilaydi.

Prezident farmoni bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oʼzbekistan Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etildi.

Quyidagilar Аgentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yoʼnalishlari etib belgilandi:

kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash;

kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʼin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʼyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga maʼlumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish boʼyicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga koʼmaklashish.