Istiqbolli sayohat davom etmoqda

Safar kun tartibida viloyatdagi davlat idoralari vakillari, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar bilan uchrashish hamda ularning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsad qilib olingan.

Shunday uchrashuvlardan biri O'zbekiston Respublikasi pillachilik va qorako'lchilikni rivojlantirish qo'mitasi raisi Baxrom Sharipov hamda xalqaro jamoa vakillari bilan bo'lib o'tdi.

Ma'lumki mamlakatimizda pillachilik va qorako‘lchilik tarmoqlarining mavjud salohiyatini har tomonlama ishga solish hamda ishlab chiqarish korxonalarining rentabelligini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali ushbu sohalarni qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Rais bilan bo'lib o'tgan suxbatda, ipakchilik va qorako’lchilik soxalarining bugungi kundagi holati, rivojlanish istiqbollari, ayniqsa ushbu yo’nalishning o’zida 276 ta yangi korxonalar ishga tushishi ta’kidlab o’tildi. Qo’mita raisi ayni yo’nalishga prezidentimizning yuskak e’tibori to’g’risida ham to’xtalib o’tdi. Yaqin kelajakda esa ushbu soxada O’zbekiston ham dunyo bozoridagi etakchilardan biriga aylanishiga bo'lgan ishonch bugungi kundagi izlanish va harakatlar zamin yaratayotgani alohida aytildi.

Shu o'rinda, jurnal jamoasi tomonidan uning maqsad va vazifalariga bag'ishlangan kichik taqdimot o'tkazilib, kelajakda mahalliy tadbirkorlar bilan yaqindan va davomiy hamkorlik aloqalarini o'rnatish, istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama etildi.