IT Park joriy yilda yana 58 ta IT-markaz ochishni rejalashtirmoqda

Bugun AOKAda “IT Parkning ikki yillik faoliyati doirasida qo‘lga kiritgan natijalari” to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazidi.

IT Park tashkil topganidan buyon O'zbekiston yosh avlodining rivojlanishi uchun ta’lim sohasini yanada takomillashtirdi, shuningdek, mahalliy IT-kompaniyalarning o‘sishiga yordam berdi.

Xususan, IT-parkida 147 ta IT-Markaz ochilgan bo‘lib, unda 40 ming 255 dan ortiq kishi ta’lim olgan. Ushbu IT markazlarining ochilishi tufayli 294 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. Joriy yilda IT-markazlar sonini 205 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, IT Park prezidentimizning tashabbusi bilan 2019-yilda Toshkentda ochilgan edi. Tashkilotning ikki yillik faoliyati davomida IT Park axborot texnologiyalari sohasida katta natijalarga erishdi.