IT sohaga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida «FinTech & VR» xakatoni bo‘lib o‘tadi

30-sentyabr arizalarni qabul qilishni ohirgi kuni.

2-3-oktyabr kunlari IT sohasiga qiziquvchi yoshlar oʼrtasida oʼtkaziladigan «FinTech & VR» xakatoni o‘tkaziladi.

Xakaton Oʼzbekiston Respublikasi TIF Milliy banki qoʼllab-quvvatlashi va tijorat banklari, moliya texnologiya kompaniyalari va taʼlim muassasalari hamkorligida Bank-moliya akademiyasi tomonidan o‘tkazilmoqda.

Xakaton – maʼlum vaqt mobaynida dasturchilar biror loyiha ustida ishlashi koʼzda tutilgan musobaqa. Virtual reallik (VR) va moliyaviy texnologiyalar (FinTech) ekspertlar tomonidan IT da eng istiqbolli yoʼnalishlar sifatida tan olinmoqda.

Xakaton maktab oʼquvchilari, oliy va oʼrta maxsus taʼlim muassasalarda o‘qiydigan, IT sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etadi.

Gʼolib jamoalar Аvstraliya, АQSh, Germaniya, Rossiya va Qozogʼiston mentorlari ishtirokida 3 oylik Аkseleratsiya dasturida bepul ishtirok etadi, dasturda muvaffaqiyatli qatnashgan 5-6 startaplar chet el sarmoyasini jalb qilishga imkoni tugʼiladi.

Xakatonga roʼyxatdan oʼtish bfa.uz saytida 30-sentyabr kunigacha davom etadi.