Aynan 23-avgust kuni dunyodagi birinchi veb-serverdan ommaviy foydalanish imkoniyati yuzaga keldi

1991-yil 23-avgustda World Wide Webga asos solingan hamda CERN xodimi, britaniyalik olim Tim Berners-Li dunyodagi birinchi veb-serverga ommaviy kirish imkonini taqdim etgan.
1991-yil avgust oyi boshida Berners-Li NeXT kompyuteri asosida oʻzining birinchi veb-serverini kashf etdi, soʻngra uni 23-avgustda ommaga taqdim etdi va bu sana Butunjahon Internet tarmogʻiga asos solingan sana sifatida muxrlandi.
Dunyodagi birinchi veb-sayt va birinchi serverni endi info.cern.ch saytida topish mumkin.






