Italiya Iqtisodiyot vaziri Xitoydan xavfsiramoqda

Italiya Xitoy bilan savdo aloqalarida tobora ehtiyotkor bo'lishi kerak, dedi juma kuni Iqtisodiyot vaziri Jankarlo Giorgetti Pekinning "Bir kamar va yo'l tashabbusi" loyihasida Rimning hamkorligiga ishora qilib.

Vashingtonda bo'lib o'tgan Xalqaro valyuta jamg'armasi yig'ilishi chog'ida vazir “Geosiyosiy kontekst va men anglagan narsalar Xitoyga nisbatan oldingiga qaraganda ehtiyotkorroq yondashuvga olib keldi” dedi.

2019-yilda Italiya Xitoy savdo yoʻlini kengaytirishga qaratilgan ko'p millatli loyiha tashabbusiga qo'shilgan birinchi yirik sanoatlashgan davlatga aylangan edi.

Giorgia Meloni o'tgan yili saylanishidan oldin Xitoyning Italiya yoki Yevropaga kirib kelayotganini yoqtirmasligini aytgan.