Italiya muhojirlar oqimi tufayli favqulodda holat e’lon qildi

Italiya hukumati muhojirlar oqimi ko‘pligi sababli mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. Holat olti oy davom etadi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatning eng ko‘p jabrlangan janubiy hududlariga 5 million yevro miqdorida yordam ko‘rsatiladi. Bu mablag‘lar yangi qochqinlarni qabul qilish markazlarini ochishga sarflanadi.

Favqulodda holat davrida bunday markazlarni ochish bilan birga noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish tartibi ham soddalashtiriladi.

Biroq, Italiya fuqarolik mudofaasi va dengiz siyosati vaziri Nello Musumechi ko'rilayotgan choralar yetarli emasligini aytib, mazkur migratsiya inqirozini hal qilish uchun Yevropa Ittifoqidan yordam soʻragan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, yil boshidan beri Italiyaga 31 mingdan ortiq noqonuniy muhojirlar kelgan. O'tgan yilning shu davrida bor-yo'g'i 7900 ga yaqin qochqinlar eski Tunis hamda Liviyadan O'rta yer dengizi orqali janubiy Italiya va Maltaga o'tishga harakat qilmoqda.