ITB yillik yig'ilishi yakunlari bo'yicha yakuniy matbuot anjumani

4 sentyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tgan Islom taraqqiyot bankining yillik Majlisining yopilishi munosabati bilan yakuniy matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Matbuot anjumanida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov va ITB guruhi raisi Muhammad Al – Jasser so'zga chiqdilar. Matbuot anjumanining oxirida bir qator bitimlar imzolandi.
"Toshkentda o'tkazilgan majlis pandemiya davrdan keyingi ilk marotaba delegatsiyalar rahbarlari va a'zolari bevosita ishtirokida o'tkazilayotgani shundan dalolat beradiki, bank rahbariyati va a'zo davlatlari O'zbekistonni Islom olamini rivojlantirishdagi yirik hissasini tan olmoqda, shuningdek, so'nggi bir necha yil ichida mamlakatimizda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan izchil islohotlar e'tirof etilayotganidan dalolat beradi."- dedi Sardor Umurzoqov o'z nutqining boshida.
"Men, yig'ilishda ITB va o'nta a'zo davlatlar o'rtasida jami 1,2 milliard dollarlik 30 ta moliyaviy bitim imzolanganligini e'lon qilishdan mamnunman va bu sog'liqni saqlash (COVID-19 va vaksinalar), suv ta'minoti va sanitariya, qishloq xo'jaligi, transport, energetika, oziq-ovqat xavfsizligi, Islomiy moliya, kichik va o'rta biznes sohalarida faoliyat va loyihalarni qamrab oladi. Ular qatorida 330 million dollar. O'zbekiston Respublikasi foydasiga imzolandi" - deya Muhammad Al-Jasser o'tgan yig'ilish natijalari haqida gapirdi.
Yuqori martabali mehmonlarning chiqishlari yakunida mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.






