ITSV yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “FURSAT” davlat media-loyihasini ishga tushirmoqda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoshlarni o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishga jalb etish uchun “FURSAT” davlat media-loyihasini ishga tushirmoqda.
“FURSAT” loyihasi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (YOSTZ)ni tashkil etishni o'z ichiga oladi va 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan, o‘z biznesi haqida g‘oyaga ega, ammo uni boshlash uchun tajriba va boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lmagan yigit-qizlarga mo‘ljallangan.
Har bir yosh tadbirkor ariza topshirsa, yetti yil muddatga 100 ming dollargacha imtiyozli kredit olish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, YOSTZ hududida ishlab chiqarish uchun 1000 kvadrat metrgacha yer ajratilishi mumkin.
Aytish joizki, ushbu loyiha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda va hududlarning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini yuksaltirish va yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali ular bandligini oshirishga qaratilgan.






