Jahon banki O'zbekistonga 380 million dollar qiymatida kredit ajratadi

Jahon bankining ijrochi direktorlar kengashi “Elektroenergetika tarmog‘ini transformatsiya qilish va elektr energiyasini barqaror uzatish” loyihasini ma’qulladi.

Magistral podstansiyalarni modernizatsiya qilish va loyiha tizimini raqamlashtirish bo'yicha ushbu yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun O'zbekistonga 380 million dollar miqdorida kredit ajratishga qaror qilindi.

Ta'kidlash joizki, yangi transformatsion loyiha hukumatning elektr energiyasi sohasining samarali ishlashi va o'sishi yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish maqsadini ko'zlaydi.