Jahon banki Oʻzbekistonga oʻrmonlarni tiklash uchun imtiyozli kredit ajratdi

Jahon bankining O‘zbekistonga 142 million AQSH dollariIik imtiyozli krediti mamlakatdagi o‘rmonlar va buzilgan yerlarni tiklashga yordam beradi. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘rmon daraxtlari plantatsiyalari, bog‘lar va o‘rmon yaylovlari tizimlarini, shuningdek, o‘rmon plantatsiyalarining yagona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi.
Ushbu mablag‘lar mamlakatning turli hududlarida landshaftlar barqarorligini yaxshilash va o‘rmonlarni qayta tiklash, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari o‘rtasida transchegaraviy tabiiy zonalarni tiklash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi loyihani moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Loyiha Jahon bankining Markaziy Osiyo landshaftlariga chidamlilik dasturining (RESILAND CA+) bir qismidir. Uning maqsadi cho‘llanish va yer degradatsiyasining oldini olish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga tayyorligini oshirish orqali landshaftlarning mustahkamligini oshirishdan iborat.






