Jahon banki Ukrainaga 3 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam paketini taqdim etmoqchi

Jahon banki Ukrainaga 3 milliard dollarlik yordam paketini taqdim qilmoqchi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa mamlakatning favqulodda moliyalashtirish so‘rovini o‘rganmoqda.
"Jahon bankida biz kelgusi oylarda kamida 350 million dollarlik tez o'zlashtiriladigan budjetni qo'llab-quvvatlash operatsiyasidan boshlab 3 milliard dollarlik qo'llab-quvvatlash paketini tayyorlamoqdamiz, u shu hafta tasdiqlash uchun Direktorlar kengashiga taqdim etiladi, shuningdek, 200 million dollar miqdorida mablag’ sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini qo’llab-quvvatlash uchun jalb qilinadi”, — dedi Jahon banki prezidenti Devid Melpas bayonotida.
"Bizning institutlarimiz Ukrainani moliyalashtirish sohasida qo'llab-quvvatlash uchun birgalikda ishlamoqda va bu borada yordamni imkon qadar qisqa fursatda amalga oshirmoqda. Biz hukumat bilan inqiroz choralari haqida doimiy aloqadamiz”, dedi XVJ boshqaruvchi direktori Kristalina Georgieva. Uning ta'kidlashicha, yordam ko'rsatish masalasini ko'rib chiqish kelgusi haftada belgilanishi mumkin.
Jahon banki va XVJ rahbarlari o‘z bayonotida ukrainaliklarga hamdardlik bildirib, jangovar harakatlar, shuningdek, ular boshlanganidan keyin joriy qilingan sanksiyalar tufayli ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyoti jabr ko‘rayotganini ta’kidladilar.






