Jahon banki zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun Turkiyaga 1,78 milliard dollar ajratadi

Jahon banki Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida mamlakat uchun 1,78 milliard dollar ajratilishini e’lon qildi. Bank bayonotida qayd etilishicha, mazkur yordam kommunal darajadagi asosiy infratuzilmani tiklash uchun ishlatiladi.
Shuningdek, “Jahon banki tabiiy ofat ko’lamini aniqlash va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bo’yicha xalqaro tajribasiga tayangan holda, qayta tiklashni qo’llab-quvvatlash uchun ustuvor yo’nalishlarni belgilash maqsadida zararni tezkor baholashni ham boshladi”, - deya ta’kidlagan Bank prezidenti Devid Malpass.






